O‘zbekistonliklarning Tailandga turistik safarlari 2,2 barobarga oshdi
eʼlon qilindi
13,5 ming nafar fuqaro

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida o’zbekistonliklarning Tailandga turistik safarlari keskin ortdi.
Ushbu davrda 13,5 ming nafar fuqaro turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,3 ming nafarga yoki 2,2 barobarga ko‘pdir.
Sayohatchilarning asosiy qismi, ya’ni 11 880 nafari sayyohlik maqsadida borgani qayd etilgan. Shuningdek:
- 1 510 nafari qarindoshlarini yo‘qlash uchun,
- 56 nafari xizmat yuzasidan,
- 7 nafari o‘qish,
- 3 nafari esa davolanish maqsadida Tailandga borgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan BAAga turistik safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni 21,4 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.