
Chevrolet kompaniyasining yangi 2026-yilgi D-Max pikap prototipi Kolumbiya yo‘llarida ilk bor sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda 32cars nashri xabar berdi.
Bu voqea pikapning Janubiy Amerikadagi mavjudlik doirasini kengaytirishga qaratilgan strategik harakat sifatida baholanmoqda.
Bogota shahrida ko‘zga tashlangan qisman niqoblangan prototip ilgari Ekvadorda taqdim etilgan D-Max’ning dizayniga o‘xshash bo‘lib, Chevrolet bu modelni Kolumbiya bozoriga olib chiqishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganidan darak beradi.
Yangi D-Max pikapi Kolumbiyada 2025-yil oxiri yoki 2026-yil boshida rasmiy debyut qilishi kutilmoqda. U nafaqat ish faoliyatiga mos, balki faol dam olishni xush ko‘ruvchilar uchun ham variant sifatida e’tirof etilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Trailblazer 2026 Janubiy Koreyada taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.