Yangiliklar

Tokioda besh nafar o‘zbekistonlikka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hibsga olinganlardan to‘rt nafari Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab kelayotgani aniqlangan
Foto: Videodan olindi

Yaponiya poytaxti Tokioda 20 yoshlardagi besh nafar O‘zbekiston fuqarosi bosqinchilik va zo‘ravonlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Japan Today nashri NTV telekanaliga tayanib xabar berdi.

【独自】路上で男性の顔蹴り財布奪った疑いなど ウズベキスタン国籍の男5人逮捕 余罪十数件か 総合格闘技の試合出場経験者も 東京・渋谷区 警視庁|TBS NEWS DIG

Unga ko‘ra, 2024-yil 30-dekabr kuni ertalab soat 5:30 larda Shibuya tumanining Maruyama-cho hududida ushbu shaxslar uch nafar chet ellik erkak va ayol bilan ataylab mojaro chiqargan. So‘ng ularning ichida umumiy qiymati 210 ming iyen (taxminan $1,5 ming) bo‘lgan hamyoni va sumkalarini olib ketishgan. Voqea davomida jabrlanuvchilardan biriga yuz qismidan tepib jarohat yetkazilgan.

Tokiodagi tergovchilar bu shaxslar Shibuya va Sinyuku tumanlarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan shaxslardan o‘g‘irlangan kredit kartalar yordamida smartfonlar xarid qilib, ularni sotish orqali 8 million iyen (taxminan $55 ming) daromad topganini aniqlashdi. Ushbu jinoyatlar kamida 10 ta holatda sodir etilgani taxmin qilinmoqda.

Hibsga olinganlardan to‘rt nafari Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab kelayotgani aniqlangan. Guruh yetakchisi deb gumon qilinayotgan 21 yoshli shaxs hozircha advokat bilan ko‘rishmaguncha hech qanday izoh bermasligini bildirgan, qolganlar esa ayblovlarni rad etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan rossiyalik bloger Guseyn Gasanov nega qidiruvga berilgani haqida yozgandi.