Tramp BAA bilan $200 milliardlik yangi kelishuvlarni imzoladi

eʼlon qilindi
$1,4 trlnlik sarmoyani ham tezlashtirdi
Tramp BAA bilan $200 milliardlik yangi kelishuvlarni imzoladi / Foto: Brian Snyder / Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) rasmiy tashrifi chog‘ida umumiy qiymati $200 mlrddan ortiq bo‘lgan tijorat bitimlarini e’lon qildi. Bu haqda rasmiy Oq uy ma’lum qildi.

Bu kelishuvlar AQSh va BAA o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, aviatsiya, energetika, sun’iy intellekt va yuqori texnologiyalar sohalarini qamrab oladi. Bitimlar orasida Etihad Airways tomonidan Boeing va GE Aerospace kompaniyalaridan 28 ta Boeing 787 va 777X samolyotlarini sotib olish uchun $14,5 mlrdlik sarmoya ajratilishi mavjud. Bu samolyotlar GE dvigatellari bilan jihozlanadi va 2028-yildan boshlab yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Mazkur investitsiya BAA va AQSh o‘rtasidagi aviatsiya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtiradi.

Shuningdek, BAAning Emirates Global Aluminum kompaniyasi Oklaxoma shtatida $4 mlrdlik alyuminiy eritish zavodi qurishni rejalashtirmoqda. Bu loyiha AQShda so‘nggi 45 yil ichida qurilayotgan ilk yirik alyuminiy zavodi bo‘lib, minglab ish o‘rinlarini yaratadi va muhim mineral zanjirlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sun’iy intellekt sohasida esa, AQSh va BAA o‘rtasida «AI Acceleratsiya Hamkorligi» doirasida Abu-Dabida 5 gigavatt quvvatga ega bo‘lgan sun’iy intellekt kampusi qurilishi rejalashtirilgan. Bu markaz AQShdan tashqaridagi eng yirik AI infratuzilmasi bo‘lib, ilg‘or chiplar va texnologiyalar almashinuvi orqali ikki davlat o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni kuchaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSH va Eron yadroviy kelishuvga yaqin turganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek