
UzAuto Motors kompaniyasi 2025-yil 7-yanvarda tuzilgan shartnomalar asosida Chevrolet Cobalt Midnight avtomobillarini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Autostrada.uz nashri xabar bermoqda.

Kompaniya 2024-yilda tuzilgan 50 mingta shartnomani to‘rt oy ichida yakunlab, Cobalt Midnight modellarini yetkazib berdi. Shuningdek, arzonroq narxga ega bo‘lgan, lekin texnik jihatdan eskirgan Style AT modeli ham ishlab chiqarishda davom etmoqda. Biroq, 2024-yil 22-noyabrda shartnoma tuzgan xaridorlar hanuzgacha avtomobillarini kutishmoqda.

Cobalt Midnight modelining narxi 155 mln so‘mni tashkil etadi. Bu model zamonaviy dizayni va jihozlanishi bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt avtomobilining qo‘shni respublikalardagi narxi qandayligi haqida yozgan edi.