Uzum Market kontrafakt mahsulotlar savdosi bo‘yicha munosabat bildirdi

eʼlon qilindi
Platformadagi original mahsulotlar maxsus «Original» belgisi bilan ajratib ko‘rsatiladi
Foto: Uzum

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Uzum Market, Olcha va Glotr onlayn marketpleyslarida kontrafakt mahsulotlar savdosi aniqlangandi. Uzum Market bu borada o‘z munosabatini «Kursiv»ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniya faqat original mahsulotlarni sotish siyosatiga qat’iy amal qiladi. Xaridorlarni qo‘shimcha himoya qilish maqsadida platformadagi original mahsulotlar maxsus «Original» belgisi bilan ajratib ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, platforma qalbaki mahsulotlarning savdosiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 200 dan ortiq mashhur brendlar uchun majburiy avtorizatsiya joriy qilingan. Sotuvchilar mahsulotni joylashtirishdan oldin uning qonuniy kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.

Shuningdek, moderatsiya va kontent bo‘limi qalbaki mahsulotlar holatlarini aniqlash yuzasidan doimiy ravishda mahsulotlar assortimentini tekshiradi. Shubhali mahsulotlar zudlik bilan bloklanadi va sotuvchidan tegishli hujjatlar talab qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Marketda 220 ga yaqin, Olcha va Glotr’da esa 50 ga yaqin kontrafakt mahsulotlar sotilgani haqida yozgandi. Mashhur brendlar – Puma, Lacoste, Adidas, Chanel, Eclat, Gucci, Samsung, Bosch nomidan foydalanilgan.

Shuningdek