17-may kuni qanday ob-havo kutilmoqda

eʼlon qilindi
Respublikaning asosiy hududlarida 41° gacha issiq bo‘lishi kutilmoqda
ob-havo
17-may kuni qanday ob-havo kutilmoqda / Foto: Pexels.com

17-may kuni O‘zbekistonning asosiy hududlarida 41° gacha, cho‘l hududlarda esa 42-43° gacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechqurun qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5–10 m/s, ba’zida 15 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zon ehtimoli bor. Harorat kechasi 22–24°, kunduzi 36–38° bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s, ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 23–28° bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ayrim joylarda 20–22 m/s gacha kuchayadi. Chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20–25°, kunduzi 28–33° bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, kechga tomon qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s, ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar ehtimoli bor. Harorat kechasi 19–24°, kunduzi 33–38° bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar ehtimoli bor. Harorat kechasi 20–25°, kunduzi 32–37° bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zida kuchayib, chang-to‘zonlar olib kelishi mumkin. Harorat kechasi 18–23°, kunduzi 35–40° bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda qisqa yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s, ba’zida kuchayadi. Harorat kechasi 13–18°, kunduzi 27–32° bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 16-may kuni havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek