Bir hafta ichida dollar kursi qanday o‘zgardi
eʼlon qilindi
16-may kuni kurs keskin pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida 2025-yil 8-maydan 16-maygacha dollar kursi 12 880,35 so‘mdan 12 917,10 so‘mgacha ko‘tarildi.
14-may kuni dollar kursi 12 980,16 so‘mga yetib, hafta davomidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi (+44,89 so‘m). 8-may kuni esa eng past kurs kuzatilib, dollar 12 880,35 so‘mga teng bo‘ldi (-29,8 so‘m). 16-may kuni esa dollar kursi keskin pasaydi (-48,24 so‘m).
Kursdagi kunlik o‘zgarishlar quyidagicha:
- 8-may: 12 880,35 so‘m (−29,8 so‘m)
- 12-may: 12 895,55 so‘m (+15,2 so‘m)
- 13-may: 12 935,27 so‘m (+39,72 so‘m)
- 14-may: 12 980,16 so‘m (+44,89 so‘m)
- 15-may: 12 965,34 so‘m (−14,82 so‘m)
- 16-may: 12 917,10 so‘m (−48,24 so‘m)
Valyuta birjasida bir oy ichida dollar kursidagi o‘zgarishlar

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.