
2025-yil aprel oyida Qozog‘istonda eng ommabop yangi avtomobil Chevrolet Cobalt modeli bo‘lib, 2194 dona sotilgan. Bu haqda Qozog‘iston Avtomobil uyushmasi xabar berdi.
Keyingi o‘rinni 1762 ta natija bilan Hyundai Tucson egallagan. Kuchli uchlikni Kia Sportage modeli yopdi: 1 ming dona sotildi.
Shunga qaramay, umumiy avtomobil brendlari bo‘yicha savdolar reytingida Chevrolet emas, Hyundai yetakchilik qildi – bu kompaniya 4 393 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘ldi. Chevrolet esa ikkinchi o‘rinda – aprel oyida ushbu brendga mansub 2 725 dona avtomobil sotilgan.
№ | Brend | 2025-yil aprel oyidagi sotuvlar soni (dona) |
---|---|---|
1 | Hyundai | 4 393 |
2 | Chevrolet | 2 725 |
3 | Kia | 2 207 |
4 | Chery | 1 434 |
5 | Jetour | 1 368 |
6 | Geely | 1 051 |
7 | Haval | 1 046 |
8 | Toyota | 744 |
9 | Changan | 691 |
10 | JAC | 661 |
Chevrolet Cobalt O‘zbekistonda ham yetakchilikni bergan emas. Yanvar – aprel oylarida 42,5 mingta Cobalt sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri UzAuto Motors Chevrolet Cobalt Midnight avtomobillarini yetkazib berishni boshlagani haqida yozgan edi.