Toshkentda Game Fest 2025 festivali boʻlib oʻtdi

Toshkentdagi IT Park hududida Game Fest 2025 xalqaro festivali boʻlib oʻtdi. Bu haqda IT Park ma’lum qilmoqda.
Ikki kunlik dastur doirasida konferensiyalar, ko‘rgazmalar, startaplar uchun pitch-sessiyalar, shuningdek, o‘yinlar va animatsiyalar bo‘yicha mavzuli forumlar o‘tkazildi.
Ma’ruzachilar qatorida Gem Capital, GameDevHQ, «Krafton», «ProxyPlanet», «HP» kabi kompaniyalarning vakillari bor edi.

“GameDev kompaniyalari O‘zbekistonning qulay geografik joylashuvi, faol hamjamiyati va global bozorlarga chiqish imkoniyatlari tufayli tanlamoqda», – deydi IT Park Uzbekistan vakili Azamat Rahmonzoda.
Festival Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston kreativ assotsiatsiyasi va «GameDev HQ» ko‘magida tashkil etildi.
Avvalroq Yaponiyada IT Park Uzbekistan vakolatxonasi ochilgani haqida yozgan edik.