Indorama zavodida ammiak sizib chiqqani sababli 10 ga yaqin fuqaro tibbiy yordamga murojaat qilgan

eʼlon qilindi
Zavodga olib boruvchi yo‘llar to‘silgani aytilmoqda
Indorama zavodida ammiak sizib chiqqani sababli 10 ga yaqin fuqarolar tibbiy yordamga murojaat qilgan / Foto: Milliy Gvardiya

Qo‘qondagi Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals zavodida ammiak sizib chiqqan. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: FVV

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, temir yo‘l sisternasidan maxsus idishga suyuq ammiak quyilayotganda shlang yorilib ketgan, ammiakning taxminan 10 foizi zavod hududiga oqib tushgan.

Ammiak sizib chiqishi natijasida 10 ga yaqin fuqarolar tibbiy yordamga murojaat qilgan. Zavodga olib boruvchi yo‘llar to‘silgani aytilmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi sanoat zonasida kuchli yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edik.

Shuningdek