
Angliya Kubogi finalida «Kristal Pelas» klubi «Manchester Siti» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi. G‘alaba keltirgan yagona golni Eberechi Eze urdi.

O‘yinda statistik ustunlik deyarli butunlay «Manchester Siti» tomonida bo‘ldi: ular 23 marta darvozaga zarba berdi, to‘pga egalik qilishda esa 79 foiz ko‘rsatkich bilan raqibni ancha ortda qoldirdi. Biroq bu ustunlik natijaga ta’sir qilmadi.

Uchrashuvda O‘zbekistonlik muxlislar uchun qiziq bo‘lgan jihatlardan biri — zaxira o‘rindig‘ida qolgan himoyachi Abduqodir Husanov maydonga tushmadi. U final jamoa tarkibiga kiritilgan bo‘lsa-da, murabbiy unga imkoniyat bermadi.
Shu tariqa, «Kristal Pelas» Angliya Kubogi g‘olibiga aylandi.