Xavfsizlik

Navoiyda NKMK ishchilari 2 mlrd so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi

Ishchilar og‘irligi 2 kg bo‘lgan yarimtayyor mahsulotni zavoddagi havo tozalash quvuriga yashirib qo‘ygan
Navoiyda NKMK ishchilari 2 mlrd so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi / Foto: DXX

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» (NKMK) AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodi ishchilari 2 mlrd so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda.

Ikki nafar smena ustasi va bir nafar bo‘linma apparatchisi oldindan kelishib, qonunbuzarlikka qo‘l urgan. Ular tarkibida ko‘p miqdorda oltin moddasini saqlovchi, og‘irligi 2 kg bo‘lgan yarim tayyor mahsulotni zavoddagi havo tozalash quvuriga yashirib qo‘ygan.

Ushbu noqonuniy harakatlar DXX va Ichki ishlar organlari hamkorligidagi tezkor tadbir chog‘ida fosh etilgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mahsulot tarkibida 1 kg 523 gramm sof oltin borligi aniqlangan va uning bahosi 2 mlrd 102 mln so‘mga teng. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Davlat xavfsizlik xizmati Call-markazi faoliyati boshlangani haqida yozgan edi.