Nega o‘zbekistonliklar advokatlardan qochadi

O‘zbekiston aholisining katta qismi huquqiy qiyinchiliklarni qonuniy yo‘llarni chetlab o‘tib, mustaqil ravishda hal qilishni ma’qul ko‘radi.
BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) 2025-yilda taqdim etilgan aholi huquqiy ehtiyojlarini baholash bo‘yicha hisobotiga (Kursiv Uzbekistan nashrida mavjud) ko‘ra, respondentlarning 94,3 foizi huquqiy masalalarni yuristlar yoki davlat organlari ishtirokisiz hal qilishlarini bildirgan.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, fuqarolarning atigi 8,6 foizi professional advokatlarga murojaat qilgan, 74,5 foizi esa umuman yordam so‘ramagan. Asosiy sabablar xizmatlar narxining yuqoriligi (28,2%), huquqiy savodxonlik darajasining pastligi (34,9%) va yordam olish imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yo‘qligi bo‘ldi.
Respondentlarning 70 foizdan ortig‘i huquqiy nizolarda asosiy tayanch manbai sifatida mahallaga murojaat qilishni ma’qul ko‘radi.
Hisobot bir qator choralarni kuchaytirishni tavsiya qiladi:
- bepul yuridik yordam olish imkoniyatini oshirish;
- mahallalarning vositachi rolini kuchaytirish;
- aholini huquqiy tarbiyalash uchun raqamli platformalarni ishlab chiqish.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Advokatlar uchun yangi tizim joriy etilgani haqida yozgan edi.