O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurash strategiyasi qabul qilindi

O‘zbekistonda 2025 – 2030-yillarga mo‘ljallangan bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) xabar bermoqda.
Strategiya pediatriya yordamini va onkologik kasalliklarni tashxislash va davolashga multidisipliner yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan. Hujjatning tasdiqlanishi tibbiyot muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash, infratuzilmasini yangilash va saraton kasalligiga chalingan yosh bemorlarga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishda yagona yondashuvni shakllantirish imkonini beradi.

Strategiyaning hamkorlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), UNICEF, Vena xalqaro tibbiyot universiteti singari bir qator tashkilotlar bo‘ladi.
Hujjat saraton kasalliklarini erta tashxislash tizimini rivojlantirish va tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bolalar va ularning oilalari ijtimoiy va psixologik yordam olishlari mumkin.

O‘zbekistonda 2030-yilga borib saraton kasalligiga chalingan yosh bemorlarning yashovchanlik darajasini 60 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bolalar o‘rtasida saraton kasalligidan o‘limni 2,5 barobar kamaytirish kerak.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri xorijiy farmatsevtika kompaniyalari O‘zbekistonda dorilarni markirovkalash jarayoniga qanday qo‘shilgani haqida maqola e’lon qilgan edi.