Toshkentda kuchli shamol oqibatida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Shahar hokimiyati favqulodda holat yuzasidan aholiga murojaat qildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun Toshkent shahrida kuchli shamol va changli bo‘ron kuzatilmoqda. Uchtepa tumanining bir qismida va yana bir nechta hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan, deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Uchtepa tuman elektr ta’minoti xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, elektr energiyasi ta’minotini tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahar hokimiyati favqulodda holat yuzasidan aholiga murojaat qilib, quyidagilarga e’tiborli bo‘lishni so‘radi:

Ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashiga, chang miqdorining keskin oshishiga olib kelishi mumkin.

Fuqarolarga tavsiyalar:

  • avtomobillarni daraxtlar yoki elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmang;
  • imkon qadar ko‘chaga chiqmaslikka harakat qiling, ayniqsa changga sezuvchanlik bo‘lsa;
  • shaharda harakatlanishda ehtiyotkor bo‘ling;
  • o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlang.

Zarur holatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
1050, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82.

Shuningdek