
18-may kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, poytaxtda harorati kunduzi 28-30 daraja, kechasi 18-20 daraja bo‘lib, havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
G‘shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda kuchli shamol oqibatida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgani haqida yozgandi.