
Joriy o‘quv yilining yakuniy kuni – 25-may yakshanbaga (dam olish kuni) to‘g‘ri kelgani bois so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda bu tadbirga taqiq yoki cheklovlar qo‘yilgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda talabalarga yagona forma joriy etilishi haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga izoh bergani haqida yozgandi.