Meksika kemasi Nyu-Yorkdagi Bruklin ko‘prigiga urildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Vafot etgan va jarohat olganlar bor
Foto: Videodan olindi

Rasmiy tashrif bilan Nyu-Yorkka kelgan Meksika harbiy-dengiz kuchlariga tegishli kema Bruklin ko‘prigiga borib urildi. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.

To‘qnashuv natijasida kemadagi mastalar (ustunlar) palubaga qulab tushgan, bu esa bir nechta dengizchilarning jiddiy jarohat olishiga sabab bo‘lgan. Kema bortida jami 277 kishi bo‘lgan.

Nashr manbalariga ko‘ra, ikki kishi vafot etgan, uch kishi og‘ir ahvolda, yana o‘n nafardan ortiq kishilar jiddiy tan jarohati olgan.

Nyu-York shahri meri Erik Adams matbuot anjumanida jabrlanganlar soni 19 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Shahar rasmiylariga ko‘ra, hodisa Bruklin ko‘prigi konstruksiyasiga zarar yetkazmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyot Moskvada teletrap bilan to‘qnashgani haqida yozgandi.

Shuningdek