Mirishkorda $7 millionlik tikuv-trikotaj fabrikasi qurilishi boshlandi
eʼlon qilindi
500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yangi tikuv-trikotaj fabrikasi qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur loyihani Sulton Tex Group korxonasi amalga oshirmoqda. Qurilishning umumiy qiymati $7 millionni tashkil etadi. Hozirda hudud chegaralari belgilanib, dastlabki quvurlar joylashtirilgan. Fabrika ishga tushirilgach bu yerda 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy kompaniyasi Farg‘onada $120 millionlik zavod qurishi haqida yozgandi.