Rossiya qamoqxonasidan tunel qazib qochgan besh nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

eʼlon qilindi
Ular 30 metrlik tunel qazib qochishgan
Foto: Zoon.ru

Rossiyaning Lipetsk viloyatida joylashgan 2-sonli koloniyadan 30 metrlik tunnel qazib qochgan olti nafar mahbus ustidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda mintaqa prokuraturasiga tayanib, Lenta.ru xabar bermoqda.

Sud ma’lumotiga ko‘ra, mahbuslar ikki oy davomida metall varaq, quvur bo‘lagi, belkurak va kesuvchi disk yordamida koloniya devorining ostidan tunnel qazishgan. 2024-yil 25-oktabr kuni ular ushbu yo‘l orqali qochib ketgan.

Rossiya Jinoyat kodeksining 313-moddasi (ozodlikdan mahrum etish joyidan guruh bo‘lib qochish) bo‘yicha aybdor deb topilgan mahbuslarga 4,5 yildan 12,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qochganlar orasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 1 nafar Tojikiston fuqarosi bo‘lgan. Ulardan besh nafari darhol qo‘lga olingan, oxirgisi esa 2024-yil 6-noyabr kuni Tambov viloyatida qo‘lga tushgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tokioda besh nafar o‘zbekistonlikka jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida yozgandi.

Shuningdek