Yangiliklar

Toshkentda kuchli shamol natijasida 19 mingga yaqin aholi «svetsiz» qolgan

Elektr ta’minoti uzilishlari to‘liq bartaraf etildi
elektr energiya
Toshkentda kuchli shamol natijasida 19 mingga yaqin aholi «svetsiz» qolgan / Foto: Griffin Taylor / Unsplash

17-may kuni yuz bergan kuchli shamol oqibatida Toshkent shahri va viloyatida yuzaga kelgan elektr ta’minoti uzilishlari to‘liq bartaraf etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Avvaliga 18,8 mingta iste’molchidan 15 035 tasining elektr ta’minoti tiklangan. Qolgan 3765 ta iste’molchi uchun ham elektr tarmoqlari tiklab berilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 17-may kuni Toshkentda kuchli shamol oqibatida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabar bergandi.