Ueyn Runi: Holand Ronaldu va Messi kabi emas

18-may 2025 14:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Holand
Foto: Getty images

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Ueyn Runi «shaharliklar» uchrashuvlarida penaltini Holand tepmayotganiga fikr bildirdi. Bu haqda Sky Sports nashri yozmoqda.

«Erling Holand jahon darajasidagi forvard, lekin biz Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqida gapiradigan bo‘lsak, ular hech qachon to‘pni berib qo‘ymagan… Ular xudbin va har bir o‘yinda gol urishni xohlashadi», – dedi Runi BBC Sport telekanalida.

Foto: Mancity.com

«Kristal Pelas»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» murabbiyi Pep Gvardiola penaltini kim tepishni futbolchilarniing o‘zlari hal qilishi haqida gapirgan edi.

Foto: Sky sports

«Ular qaror qabul qilishadi, penaltilar shunday… Menga tashabbus ko‘rsatadigan va ular qaror qiladigan yigitlar yoqadi», – deydi shaharliklar bosh murabbiyi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Kristal Pelas» Angliya Kubogi finalida «Manchester Siti»ni mag‘lub etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek