Xitoyning Dongfeng kompaniyasi Surxondaryoda zamonaviy avtomobil zavodi qurmoqchi

Xitoyning «Dongfeng Liuzhou Motor Co., Ltd» kompaniyasi Surxondaryoda zamonaviy avtomobil zavodi qurishni taklif qilmoqda. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.
Jilin universiteti Sindao avtomobil tadqiqot instituti vitse-direktori Fu Xao va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov uchrashuv o’tkazdi. Xitoy kompaniyasi viloyatda zamonaviy avtomobil zavodi tashkil etish bo‘yicha taklif bildirdi.
Muzokaralarda kompaniyaning ilg‘or texnologiyalari, avtomobilsozlik sohasidagi global yutuqlari muhokama qilindi.
Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini o‘rganish uchun har ikki tomon mutaxassislari ishtirokida kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirishkorda $7 millionlik tikuv-trikotaj fabrikasi qurilishi boshlangani haqida yozgandi.