Yagona talaba formasi joriy etilmaydi — Oliy ta’lim vazirligi

eʼlon qilindi
Tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat — Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasidir
Foto: Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda talabalarga yagona forma joriy etilishi haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga izoh berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona ««talaba formasi» joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qilamiz», — deyiladi xabarda.

Tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat — Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasi bo‘lib, unda har bir oliy ta’lim muassasasining o‘ziga xos brend va imijini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Loyihada yagona forma joriy etilishi yoki majburiyligi haqida hech qanday norma yo‘q.

Ta’lim muassasalari o‘z ixtiyori bilan korporativ uslub, logotip, ranglar kabi elementlarni ishlab chiqishi mumkin. Estetik yoki tashqi ko‘rinishga oid tavsiyalar esa faqat ixtiyoriy tavsiya sifatida keltirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Market kontrafakt mahsulotlar savdosi bo‘yicha munosabat bildirgani haqida yozgandi.

Shuningdek