19-may kuni havo harorati 35 darajagacha ko‘tariladi

eʼlon qilindi
Ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
19-may kuni havo harorati 35 darajagacha ko‘tariladi / Foto: pexels.com

2025-yil 19-may kuni kuzatiladigan ob-havoga ko‘ra, ko‘plab hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–19°, kunduzi 28–30° atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13–18°, kunduzi 27–32°ni tashkil qiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar ehtimoli bor. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 29–34°gacha bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo yog‘ingarchiliksiz, sharqiy shamol 7–12 m/s, ba’zan 13–18 m/s gacha kuchayadi. Chang-to‘zon holatlari ehtimoldan xoli emas. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 28–33° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 30–35° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 28–33° atrofida bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 17–22°ni tashkil etadi.

Shuningdek