420,1 million so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Buxoro shahrida fuqaro yashash va xizmat ko‘rsatish binosini qurish jarayonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 270,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, Departamentning Farg‘ona viloyati Furqat tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvda «A.A.» MChJ rahbarining go‘sht mahsulotlari savdo do‘konida elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulanib, 149,5 mln so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanishiga chek qo‘yildi.
Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar O‘zbekistonda to‘xtatib qolingan edi.