Yangiliklar

Binance’ning sobiq MDH direktori Vladimir Smerkis firibgarlik ishi bo‘yicha hibsga olindi

Binance vakillari bu holat yuzasidan izoh bermagan
Vladimir Smerkis
Binance’ning sobiq MDH direktori Vladimir Smerkis firibgarlik ishi bo‘yicha hibsga olindi / Foto: Linkedin / Vladimir Smerkis

2025-yil 18-may kuni Binance’ning MDH davlatlari bo‘yicha sobiq direktori Vladimir Smerkis firibgarlik aybi bilan hibsga olingan. Bu haqda «TASS» axborot agentligi xabar bermoqda.

Hozircha rasmiy tergov tafsilotlari ochiqlanmagan. Shuningdek, ayblov tafsilotlari, jinoyat miqyosi yoki ishda boshqa shaxslarning ishtiroki haqida ma’lumot berilmagan.

«Zamoskvoretskiy tuman sudi tergovchining yirik miqdordagi firibgarlik (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi)ga oid ish bo‘yicha hibsga olingan Vladimir Smerkisga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosini qanoatlantirdi», – deyiladi hujjatda.

Binance vakillari bu holat yuzasidan izoh bermagan.

Vladimir Smerkis ilgari Binance’ning mintaqaviy vakolatxonasini boshqargan va kriptoindustriyada taniqli shaxs hisoblanadi.

Avvalroq dunyo bo‘ylab kriptokompaniyalar egalari o‘g‘irlab ketilayotgani haqida yozgan edi.