Avto

BYD salkam Chevrolet Onix narxidagi arzon elektromobilini taqdim etdi

Modelning narxi $14 mingdan boshlanadi
BYD
BYD e7 elektromobili taqdim etildi Foto: BYD

BYD tomonidan 2025-yil 17-may kuni o‘zining yangi BYD e7 elektromobili rasmiy ravishda taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Foto: BYD

Ushbu model 450 km va 520 km CLTC standartiga muvofiq yurish masofasini taklif etadi. Narxi esa 103 800 yuandan (taxminan $14 ming) boshlanadi. Chevrolet Onixning ayni paytdagi narxi ham ushbu modelning narxiga yaqin: $12,4 ming. Ammo elektromobilning o‘zbek bozoriga kirib kelish sanasi aniq emas va milliy bozordagi qiymati yuqori bo‘lishi mumkin.

BYD e7 elektromobili / Foto: BYD

Texnik xususiyatlari:

Texnik parametrQiymati
Uzunligi4780 mm
Kengligi1900 mm
Balandligi1515 mm
G‘ildirak bazasi2820 mm
Motor quvvati100 kVt (134 ot kuchi)
Yurish masofasi (CLTC)450 km yoki 520 km (variantga qarab)
Batareya sig‘imi48 kVt·soat yoki 57,6 kVt·soat
Tez zaryadlash vaqti0,47 soat (48 kVt·soat) / 0,43 soat (57,6 kVt·soat)
Maksimal tezlik150 km/soat
Yukxona hajmi528 litr
Multimedia15,6 dyuymli ekran, 5 dyuymli asboblar paneli
Operatsion tizimiBYD DiLink 100
Qo‘shimcha funksiyalarPanoramik tom, masofaviy boshqaruv, A/C

Dizayn va ichki jihozlar

BYD e7 modeli BYD’ning «Marine Aesthetic» dizayn tiliga asoslangan bo‘lib, old qismi yopiq panjara va «tabassum» shaklidagi dizaynga ega. Orqa qismida esa qatlamli dizayn, «duck tail» spoiler va uzluksiz orqa chiroqlar mavjud.

Foto: BYD
BYD e7 elektromobili / Foto: BYD

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Eng arzon BYD avtomobili haqida yozgan edi. Shuningdek, 2025-yilning birinchi choragida eng sifatli elektromobillar ro‘yxatida BYD ham joy olgan.