Dollar kursi yana keskin tushdi – qariyb 60 so‘mga

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 19-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 858,15 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 58,95 so‘mga tushdi.
Dollar kursi o‘tgan haftani pasayish bilan yakunlagandi: 16-may kuni 48,24 so‘mga tushib 12 917,10 so‘mni tashkil etgandi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra yevro 44,59 soʻmga oshib, 14 505,28 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 0,43 soʻmga pastlab, 159,71 soʻmga teng boʻldi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 19-may kuni bir AQSh dollarini 12 795 – 12 960 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 920 – 13 010 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.