Yangiliklar

Dunyo bo‘ylab kriptokompaniyalar egalari o‘g‘irlab ketilmoqda

Ushbu jinoyatlar ortida kriptovalyutada to‘lanadigan tovon puli yotadi
Dunyo bo‘ylab kripto kompaniyalari egalari o‘g‘irlab ketilmoqda / Foto: Unsplash

So‘nggi vaqtlarda butun dunyo bo‘ylab kriptokompaniyalar egalari va ularning yaqinlari o‘g‘irlab ketilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) nashri xabar bermoqda.

Ushbu jinoyatlar ortida kriptovalyutada to‘lanadigan tovon puli yotadi.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi hollarda o‘g‘irliklar muvaffaqiyatsiz yakunlangan bo‘lsa-da, boshqa holatlarda jabrlanuvchilarni ozod qilish uchun katta miqdorda tovon pullari to‘langan. Ayrim jabrlanuvchilarga esa jismoniy zarar yetkazilgan, jumladan, barmoqlari kesib tashlangan.

So‘nggi voqealardan biri Parijda sodir bo‘lgan. O‘tgan hafta noma’lum shaxslar kriptokompaniyasi egasini o‘g‘irlab ketishgan. Bu voqea ham yuqoridagi jinoyatlar seriyasining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.

Mutaxassislar bunday jinoyatlar sonining ortib borayotganini xavotir bilan kuzatmoqda va kriptokompaniyalar egalari xavfsizlik choralari ko‘rishlari zarurligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri bitkoin kursi yanvardan beri ilk bor $105 mingdan oshgani haqida yozgan edi.