
2025-yil 19-maydan boshlab Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «E-kontrakt» tashqi savdo axborot tizimi to‘liq rejimda ishga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yangi elektron tizim tashqi savdo shartnomalarini elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish, monitoring qilish hamda avtomatlashtirilgan hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi. Tizim orqali foydalanuvchilar uchun qulaylik, tezkorlik va shaffoflik ta’minlanadi.
Mazkur o‘zgarish munosabati bilan ilgari faoliyat yuritib kelgan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (TSOYEAT)ning ishlashi rasmiy ravishda to‘xtatildi.
Yangi tizimdan foydalanish uchun contract.customs.uz orqali tizimga kirish mumkin.
Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun tizimdan foydalanish bo‘yicha barcha savollarga quyidagi telefon raqamlari orqali ma’lumot olish mumkin: (55) 502-76-00 (ichki raqamlar: 78-02, 78-03, 78-04, 78-05, 78-06, 78-07, 78-09)
Avvalroq Kursiv Uzbekistan marketpleyslar foydalanuvchilarni boj tariflari oshirilgani haqida ogohlantirishni boshlagani haqida yozgandi.