
HAMAS yetakchilaridan biri Muhammad Sinvar Isroilning G‘azo janubidagi Xon-Yunisdagi Yevropa kasalxonasiga bergan zarbasi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.
Sinvar va uning o‘n nafar yordamchisining jasadi tibbiyot muassasasi ostidagi tunneldan topilgan.
Nashrga ko‘ra, HAMAS rahbariyati Muhammad Sinvarning ehtimoliy o‘limiga izoh bermadi. Isroil uning o‘limi haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQSh Arab ligasining G‘azo sektoriga oid takliflarini rad etgani haqida yozgan edi.