Yangiliklar

Ichki parvozlarda chiptalar narxi pasayishi kutilmoqda

Chiptalarni sun’iy cheklashga chora ko'riladi
UzAirways
Ichki parvozlarda chiptalar narxi pasayishi kutilmoqda / Foto: Uzairways

Uzbekistan Airways va Silk Avia’ning mahalliy qatnovlarida chiptalar narxini pasaytirish qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mazkur o‘zgarishlar aholiga qulaylik yaratish, ichki turizm va hududlar iqtisodiy rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda. Qo‘mita chiptalarni sun’iy cheklash yoki raqobatga zid harakatlar aniqlangan taqdirda qonunchilik doirasida choralar ko‘rilishini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mahalliy aviaqatnovlarga subsidiyalar ajratilishi haqida yozgan edi.