
Rossiyalik Garage54 YouTube kanali ustalari klassik VAZ-2101 «Jiguli» asosida zamonaviy va ixcham shahar avtomobilini yaratdi. U bir qator yangilanishlarni olgan.

Avtomobilning kuzovi to‘liq qayta ishlab chiqilgan bo‘lib, uning balandligi deyarli bel darajasida. Dastlabki sinovlarda standart mufta yuklamaga bardosh bera olmagani sababli, ustalar uni 40 ot kuchiga mo‘ljallangan variatorli uzatma qutisiga almashtirishdi. Bu o‘zgarishlar avtomobilning imkoniyatlarini oshirdi.

Dizayn jihatidan avtomobilga polikarbonat oynalar, zamonaviy yoritish tizimi, yangi salon qoplamalari va gilamlar o‘rnatildi. Test haydashlarida avtomobil 40 km/soat tezlikka erishib, zich shahar harakatida o‘zini yaxshi namoyon etdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Spark’ga ikki barobar katta dvigatel o‘rnatilgani haqida yozgan edi.