
Kichik Krishtianu Ronaldu «Real»ning sinchkovlik bilan kuzatiladigan istiqbolli futbolchilari tarkibiga kiradi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.
Portugaliyalik afsonaning o‘g‘li yaqinda o‘z mamlakatining «U-15» terma jamoasida debyut qildi va bu kutilganidek, katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
«Real Madrid» klub rahbariyati Ronalduning o‘g‘li bilan bog‘liq jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Klub prezidenti Florentino Peres esa uning futbolchilik salohiyatini nazorat ostida ushlab borish bo‘yicha alohida topshiriq bergan.
Ayni damda yosh futbolchi Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi yoshlari safida to‘p tepmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ueyn Runi Holand Ronaldu va Messi kabi emasligini yozgan edi.