Avto

Li Auto nogironlar uchun maxsus to‘plam ishlab chiqmoqda

Barcha xarajatlar kompaniya tomonidan qoplanadi
Li Auto nogironlar uchun maxsus to‘plam ishlab chiqmoqda / Foto: Li Auto

Lixiang kompaniyasi bosh direktori Li Syan nogiron aravachalariga qulay bo‘lishi uchun Li Auto L6 krossoveriga oson kirishni ta’minlovchi maxsus to‘plam ishlab chiqmoqda. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu g‘oya unga falajlangan Syao Veyning Himaloy tog‘lari bo‘ylab maxsus moslangan avtomobil bilan qilgan sayohatidan ilhomlanib keldi.

Hozirda Li Auto L6 modeli kompaniya shtab-kvartirasida nogironlar uchun moslashtirilmoqda. Maqsad – nogironligi mavjud kishilarni avtomobilga kirishini yengillashtiruvchi va boshqarishni soddalashtiruvchi samarali to‘plam yaratishdir.

Li Syan ta’kidlashicha, hozirda nogironligi bor foydalanuvchilarning avtomobilga kirish va chiqishi, avtomobilni qanday boshqarishi sinab ko‘rilmoqda. Loyihaning barcha xarajatlari kompaniya tomonidan qoplanadi va u daromad olishni ko‘zlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Li Auto i8 elektr krossoverining interyeri taqdim etilgan edi.