O‘zbekiston delegatsiyasi yangi Rim Papasi lavozimga kirishish marosimida ishtirok etdi

eʼlon qilindi
Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Papaga prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy tabrigini yetkazdi
O‘zbekiston delegatsiyasi
O‘zbekiston delegatsiyasi yangi Rim Papasi lavozimga kirishish marosimida ishtirok etdi / Foto: Dunyo AA

Kecha Vatikan maydonida Rim Papasi Lev XIV ning rasman lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov tadbirda rasmiy vakil sifatida qatnashdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, marosimda butun dunyodan 250 ming nafardan ortiq mehmonlar ishtirok etdi. Tantanali qism yakunlangach Nuriddin Ismoilov yangi saylangan Papaga prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy tabrigini yetkazdi. Lev XIV esa o‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda 156 mamlakat, qirollik uylari hamda turli diniy konfessiyalar vakillari ishtirok etgani marosimning global miqyosdagi ahamiyatini yanada oshirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vatikan yangi Papaning saylanganini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek