Premium klassdagi Genesis G80 2026 taqdim etildi

19-may 2025 09:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Premium klassdagi Genesis G80 2026 Xitoy bozorida taqdim etildi / Foto: Genesis

Hyundai kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Genesis brendi Xitoyda G80 2026 sedanini rasmiy taqdim etdi. ITHome nashrining ma’lum qilishicha, model to‘rt xil jihozlanishda taklif etiladi.

Yangi model «ikki qavatli» radiator panjarasi va faralari, klassik eshik tutqichlari hamda fastbek uslubidagi tom bilan jihozlangan. Avtomobilning barcha versiyalarida sozlanadigan qattiqlikka ega adaptiv osma tizimi mavjud. Salon 27 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, u asboblar paneli va multimedia ekranini birlashtiradi.

Foto: Genesis

Barcha modifikatsiyalarda xavfsizlik tizimlari, elektr boshqaruvli rul, elektron uzatmalar selektori, old o‘rindiqlar isitilishi, salonda atmosfera yoritilishi va ovoz yutuvchi oynalar mavjud. Flagship versiyalarida 18 karnayli B&O audio tizimi, orqa to‘qnashuvdan ogohlantirish, simsiz zaryadlash va 360 darajali kamera tizimi mavjud.

Foto: Genesis

Model 2,5 litrli, 304 ot kuchiga ega turbomotor bilan ta’minlangan. Aylantiruvchi moment – 422 Nm. Yoqilg‘i sarfi: orqa yurgizuvda – 8 l/100 km, to‘liq yurgizuvda – 8,7 l/100 km. Maksimal tezlik – 240 km/soatni tashkil etadi.

Modelning narxi $44 mingdan boshlanadi.

Foto: Genesis

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Saudiya Arabistonining Qirol Abdulloh nomidagi iqtisodiy shahrida Hyundai Motor Manufacturing Middle East (HMMME) zavodining tamal toshi qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek