Qozog‘istonlik sportchilar Toshkentdagi musobaqaga qo‘yilmadi

19-may 2025 14:46 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Foto: uzathletica/instagram

15-may kuni Toshkent shahrida xalqaro UNG Meeting musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Biroq qozog‘istonlik disk uloqtiruvchilar – Yevgeniy Labutov va Yevgeniy Milovatskiy ushbu musobaqada ishtirok eta olishmadi. Bu haqda Qozog‘iston yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, sportchilar ishtirokchilar ro‘yxatidan belgilangan vaqtda o‘tmaganliklari, ya’ni ro‘yxatdan kechikib o‘tganliklari sababli startga qo‘yilmagan.

Bu holat musobaqaning qat’iy reglament asosida o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lib, unda World Athletics (Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi) kuzatuvchilari ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, UNG Meeting musobaqasi World Athletics Continental Tour (Qit’alararo tur) tarkibiga kiradi va bronza darajasiga ega hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Havasbek Asadullayev Osiyo chempionati oltin medalidan mahrum etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek