Yangiliklar

Saida Mirziyoyeva: «Expo 2025» ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilyoni yuz minglab mehmonlarning e’tiborini tortishga ulgurdi

Pavilyon «Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi» deb nomlangan
Saida Mirziyoyeva: «Expo 2025» ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilyoni yuz minglab mehmonlarning e’tiborini tortishga ulgurdi / Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Expo 2025» ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilyoni yuz minglab tashrif buyuruvchilarning e’tiborini tortdi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida ma’lum qildi.

Pavilyon ochilish marosimida Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi. U O‘zbekiston innovatsiyalari va an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan makon yaratishni taklif qildi.

Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali

«Ilhom manbai sifatida Xivada joylashgan 213 ta noyob ustunli jome masjidi hamda Buxoroning lojuvard koshinlari tanlandi. Aynan shular pavilonning me’moriy va mazmuniy asosini tashkil etdi», – deydi Mirziyoyeva.

Mirziyoyeva «Expo 2025» ko‘rgazmasida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston o‘z kelajagini barqaror taraqqiyot, ta’lim va innovatsiyalarda ko‘rishini alohida ta’kidlagan.

Pavilyon «Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi» deb nomlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprayss bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgan edi.