
Lidar tizimlari avtomobillarda xavfsizlikni oshiradi, biroq ular telefon kamerasi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda Volvo EX90 avtomobilining tomiga o‘rnatilgan lidarni suratga olayotgan smartfonning kamerasiga zarar yetgan videosi tarqaldi. Bu haqda Carcoops nashri ma’lum qildi.
Masofa o‘lchovchi lazer nurlari kameraning sensoridagi piksellarni kuydirib, uni ishdan chiqarishi mumkin. Mutaxassislar bu nurlar inson ko‘zi uchun xavfsizligini ta’kidlashsa-da, telefoto rejimdagi kameralar uchun xavfli hisoblanadi. Keng burchakli suratga olishda zarar kuzatilmagan.
Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, lidar o‘rnatilgan mashinalarni suratga olayotganda, ayniqsa, telefotingizning uzoq masofaga mo‘ljallangan rejimidan ehtiyot bo‘lishingiz zarur. Eng qimmat kamera suratga olishning noaniq burchagi sabab ishdan chiqmasligi uchun ehtiyotkorlikni unutmang.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Volvo XC90 krossoveri rasman taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.