Fan

Xitoy olimlari fazoviy stansiyasida yangi bakteriya kashf etdi

19-may 2025 07:54 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Xitoy olimlari fazoviy stansiyasida yangi bakteriya kashf etdi/ Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

Xitoylik olimlar «Tyangun» fazoviy stansiyasida ilgari noma’lum bo‘lgan bakteriya shtammiga duch kelishdi. Niallia tiangongensis deb nomlangan bu mikroorganizm 2023-yil may oyida «Shenchjou-15» ekipaji ishtirokida aniqlandi, deya yozmoqda Interesting Engineering nashri.

Bakteriya namunasi stansiya yuzasidan steril usulda yig‘ilgan va Yerga olib kelinib, genom tahlili hamda modda almashinuvi o‘rganilgan. Bu mikroorganizm kosmosdagi og‘ir sharoitlarga, jumladan, radiatsiya va oksidlovchi stressga chidamli bo‘lib, o‘zini tiklash qobiliyatiga ega.

Yangi shtamm chiqindilarni foydali resurslarga aylantirishga yordam berishi, shuningdek, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va kosmik texnologiyalarda qo‘llanilishi mumkin. Kashfiyot «Champ» dasturi doirasida amalga oshirilib, uzoq muddatli kosmik parvozlar sharoitida mikroblarning o‘zgarishini o‘rganishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sun’iy intellekt sog‘lom hujayralarda genlarni boshqaruvchi DNK yaratilgan edi.

Shuningdek