Yunusobodda fuqaro patrul xodimiga pichoq bilan hujum qildi

eʼlon qilindi
Xodim hayoti saqlab qolindi
Yunusobodda fuqaro patrul xodimiga pichoq bilan hujum qildi / Foto: SlashPRO

Yunusobod dehqon bozori hududida xizmat olib borayotgan patrul xodimi safdor I. Ibragimov shubhali harakat qilgan fuqaroni to‘xtatib tekshirayotgan vaqtda, fuqaro yonidagi pichoq bilan to‘satdan hujum qilib, xodimning bo‘yin qismiga jarohat yetkazdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, xodim shoshilinch kasalxonaga yetkazilib, hayoti saqlab qolindi. Tezkor tadbirlar natijasida 1963-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan gumondor Akrom Hasanov qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. Fuqarolardan agar ushbu shaxs tomonidan jabrlangan bo‘lsalar, yaqin atrofdagi IIBga yoki 102 raqamiga murojaat qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maxachqaladagi otishmada uch nafar politsiyachi halok bo‘lgan edi.

Shuningdek