
Joriy yilning 1-iyunidan boshlab iste’molchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi va ko‘rsatilgan oqova suv xizmatlari uchun yangi narxlar amal qiladi. Bu haqda «Qoraqalpoq suv ta’minoti» AJ ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bir kub metr ichimlik suvi iste’molchilarga – 4 704 so‘m, budjet tashkilotlariga – 9 240 so‘m, yuridik korxonalarga – 9 240 so‘m.
Bir kub metr oqova suv esa iste’molchilarga – 2 212 so‘m, byudjet tashkilotlariga – 4 424 so‘m, yuridik korxonalarga – 4 424 so‘m etib belgilanmoqda.
Fuqarolar va korxona, tashkilot rahbarlaridan ichimlik suv va oqova suv xizmatlariga bo‘lgan qarzlarni 2025-yil 1-iyungacha amaldagi narxlarda to‘laydi, 1-iyundan to‘lovlar yangi narxlarda amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onada ichimlik va oqova suv narxi oshirilishi haqida yozgandi.