Kino va seriallar

Tom Kruz 100 yoshgacha ekranda qolmoqchi

Aktyor kino sohasida 30 yillik tajribaga ega
100 yoshimgacha film suratga olaman – Tom Kruz / Foto: Dia Dipasupil / FilmMagic

Nyu-Yorkda o‘tgan «Imkonsiz missiya – So‘nggi hisob-kitob» filmining premyerasida Tom Kruz aktyorlik faoliyatini 100 yoshgacha davom ettirish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda Hollywood Reporter xabar berdi.

«Men 100 yoshimgacha ham filmlar suratga olaman. Harakatli sahnalarni, dramatik va komedik rollarni ijro etishda davom etaman», – dedi aktyor.

Ushbu film franshizaning sakkizinchi va Ethan Hunt obrazidagi Kruz uchun yakuniy qism hisoblanadi. Biroq aktyor kino olamidagi faoliyatini davom ettirishga qat’iy bel bog‘lagan.

Tom Kruz o‘zining 30 yillik tajribasini qadrlashini va har bir loyihada yangilik o‘rganayotganini aytib, kino uning hayotidagi eng katta ishtiyoq ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp xorijiy filmlarga 100 foizlik boj joriy qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.