
Yuqori sifatli suratga olish imkoniyati smartfon tanlashda hal qiluvchi omillardan biriga aylangan. 2025-yilda bozorda turli narx toifalarida taqdim etilgan, biroq surat sifati bo‘yicha eng kuchli TOP – 5 kamerafonlar ma’lum qilindi.
Honor Magic7 Pro
Smartfon 50+200+50 MP asosiy kamera tizimi, AI algoritmlar bilan yorqin suratlar, 50 MP selfi kamera va 3 karra zum bilan ta’minlangan. 5850 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 100 Vt tez quvvatlash uni kun bo‘yi faol ishlatish uchun ideal qiladi.

Google Pixel 9 Pro XL
Google’ning suratga olishda yuqori natijalar ko‘rsatadigan premium modeli. 50+48+48 MP kameralar blokida 5 karra optik zum va ilg‘or surat qayta ishlash imkoniyatlari mavjud. Selfi uchun 42 MP kamera. Androidda 7 yilgacha yangilanish, IP68 himoyasi va kuchli Tensor G4 protsessori bu modelni raqobatbardosh qiladi.

Samsung Galaxy S25 Ultra
Suratga olish va zum bo‘yicha bozordagi eng kuchli variantlardan biri. 200+10+50+50 MP kameralar, 5 karra periskop zum, 120° ultra keng burchakli obyektiv, optik barqarorlashtirish. 6.9 dyuymli 2K displey, Snapdragon 8 Elite chipi, S-Pen, IP68 himoyasi va DeX rejimi bilan boy funksionallikka ega.

iPhone 16 Pro
Apple’dan eng so‘nggi kamerafon Iphone 16 pro mavjud. 48+12+48 MP kamera tizimi, 5 karra optik zum, matritsali barqarorlashtirish, suratda va videoda mukammal aniqlik. A18 Pro chipi va Super Retina XDR displeyi bilan video suratga olish ishqibozlari uchun ideal tanlov.

Xiaomi 15 Ultra
Smartfonda to‘rtta 50+50+200+50 MP kameralar bor. 4,3 karra periskop zum, ToF 3D sensor, yuqori aniqlikdagi rang va detallar. 6.73 dyuymli WHQD+ AMOLED displey, Snapdragon 8 Elite chipi, 5410 mA/soat akkumulyator, 90 Vt tez zaryadlash, IP68 himoyasi va stereodinamikalar – suratga olishni sevuvchilar uchun mukammal tanlov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yaxshi batareyaga ega smartfonlar qaysilar ekanligi haqida yozgan edi.