Bir nechta joyda ishlagan fuqarolarning pensiyasi qanday hisoblanadi

eʼlon qilindi
Hech qanday cheklov belgilanmagan
Bir nechta joyda ishlagan fuqarolarning pensiyasi qanday hisoblanadi / Foto: Pexels

Agar fuqaro ikki yoki undan ortiq korxonada rasmiy ravishda ishlasa, barcha ish joylaridan olingan ish haqlari pensiya tayinlashda hisobga olinadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Jamg‘armaga ko‘ra, qonunchilikda bu borada hech qanday cheklov belgilanmagan.

Ish staji faqat asosiy ish joyi bo‘yicha e’tirof etiladi. Ya’ni bir nechta joyda ishlagan taqdirda ham faqat bitta – asosiy ish joyidagi mehnat faoliyati ish staji sifatida qabul qilinadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil oxirida 2,85 million o‘zbekistonlik qarilik pensiyasini olgan, umumiy aholi soni esa 34,58 million kishini tashkil etgan. Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning may oyiga qadar respublikada 3,46 millionga yaqin pensionerlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu jami aholining taxminan 9 foizini tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi pensiya tizimi haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek