Chery «G-Class» uslubidagi V27 gibrid yo‘ltanlamasini taqdim etadi

eʼlon qilindi
2025-yil oxirida
Chery «G-Class» uslubidagi V27 gibrid yo‘ltanlamasini taqdim etadi / Foto: Chery

Chery kompaniyasi 2025-yilning oxirida iCar subbrendi ostida yangi V27 gibrid yo‘ltanlamasini taqdim etadi. Bu haqda CarNewsChina ma’lum qildi.

Burchakli dizayni bilan Mercedes-Benz G-Class’ni eslatadigan ushbu model allaqachon «xitoycha G-Class» deb nom olgan.

V27 1,5 litrli turbomotor va elektromotorlar bilan ishlovchi EREV gibrid tizimi bilan jihozlanadi. Elektrda 200 km, umumiy yurish zaxirasi esa 1 ming km.dan oshadi. Model to‘liq holatda 4,8 metr uzunlikda bo‘ladi.

Avtomobil Auto Shanghai 2025 ko‘rgazmasida taqdim etilishi kutilmoqda. Uning Xitoydagi narxi 200 – 250 ming yuanni ( $27, 7 mingdan $34,6 minggacha) tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chery avtosalonlari endi mijozlarga odamsimon robotlar bilan xizmat qilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek