Gaz iste’molini HGT ilovasidan kuzatish soddalashtirildi

eʼlon qilindi
Bank kartasi qo‘shmasdan
gaz
Gaz iste’molini HGT ilovasidan kuzatish soddalashtirildi / Foto: GasWaterTechnologies

Raqobat qo‘mitasining xabar berishicha, «Hududgazta’minot» AJ tomonidan HGT mobil ilovasining yangilangan va takomillashtirilgan versiyasi joriy etildi.

Bunga so‘nggi vaqtlarda fuqarolar tomonidan HGT mobil ilovasi orqali gaz sarfini  kuzatish va boshqarish imkoniyatlaridan foydalanishda muayyan cheklovlar yuzaga kelgani sabab bo‘lgan. Xususan, ilovadan to‘liq foydalanish uchun bank plastik kartasini majburiy tarzda bog‘lash talabi qo‘yilgani, ushbu kartaga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni olish imkoniyatini cheklab qo‘ygandi.

Holat yuzasidan qo‘mitaga ko‘plab murojaatlar kelib tushgan va holat o‘rganilgan. Natijada yangilangan versiyada cheklovlar olib tashlanib, foydalanuvchilar kundalik va oylik gaz sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hech qanday bank kartasini bog‘lamasdan erkin tarzda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tashqi savdo shartnomalari endi faqat «E-kontrakt» orqali yuritilishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek